<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Yey, jonim Xudovandni olqishla</title>
<lyrics>[V1]
 Yey, jonim Xudovandni olqishla
 Uning muqaddas ismini olqishla
 Ey, butun aʼzoyi badanim
 Ey, jonim Yaratganni olqishla
 Uning muqaddas ismini olqishla
 Unutma Uning biron-bir ehsonini
 U butun ayb gunohlaringni kechirar
 Barcha hastaliklaringga davo topar
 // Hayotingni //  goʻr azobidan qutqarar,
 Boshinga inoyat-u marhamat tojin taqar
 Koʻnglingni neʼmatlar bilan qondirar
 Yoshliging kuchini burgut kuchiday yangilar
 Ey jonim, Ey jonim, Xudovandni olqishla
 Xudovand, Xudovand adolatli hukm chiqarar
 Barcha ezilganlar huquqini himoya qilar
 U Oʻz yoʻllarini Muso paygʻambarga
 Ishlarini Bani Isroilga namoyon qilgan
 Xudovand rahmon va mehribondur
 Juda uzoq sabrli va inoyatlidur
 U oxirgacha arazlab yurmas
 Hoh abad dargʻazab ham boʻlmas
 Ayblarimizga qarab bizlarga muomala qilmas
 Gunohlarimizga yarasha bizga jazo bermas
 /// Ey jonim, ///  Xudovandni olqishla!

[V2]
 Ey jonim Xudovandni olqishla
 Uning muqaddas ismini olqishla
 Ey, butun aʼzoyi badanim
 Ey, jonim Xudovandni olqishla
 // Unutma uning biron-bir ehsonini! //
 Osmon yerdan qanchalik yuksak boʻlsa
 Undan qoʻrqanlarga inoyati shunchalik koʻpdur
 Charq Gʻarbdan qanchalik uzoqda boʻlsa
 Yoziqlarimizni bizdan shu qadar uzoqlashtirdi
 Ota, Ota farzandlariga qanday marhamat qilsa,
 Xudovand undan qoʻrqanlarga shunday
 Marhamatlidur
 Bizni tarkibimizni U bilar
 Tuproq ekanimizni yodga olar
 Inson kunlari bir oʻtga oʻxshar
 Dasht guliday unib chiqib chechak oʻtar
 Uni ustidan shamol esib oʻtadiyu
 U yoʻq boʻlur makoni ham uni tanimas
 Lekin lekin Xudovandni inoyati abadiydur
 Ilalabat undan qoʻrqanlarga yordur
 Ularning oʻgʻillariga ham sadoqati yordur
 Xudovand buyurgan axdga vafo qilgan
 Amrlarini eslab bajargan barchaga
 uning sadoqati yordur
 /// Ey jonim, ///  Xudovandni olqishla!

[V3]
 Ey, jonim Xudovandni olqishla
 Uning muqaddas ismini olqishla
 Ey, butun aʼzoyi badanim
 Ey, jonim Yaratganni olqishla
 // Unutma Uning biron-bir ehsonini! //
 Xudovand taxtini osmonda qurgan
 Uning saltanati butun koinotga hokimdur
 Ey Uning soʻziga quloq beruvchi
 kalomini ijro etuvchi kuchli botir malaklar
 Xudovandni olqishlanglar!
 Ey sizlar ey sizlar uning barcha qoʻshinlari
 irodasini ado etuvchi xizmatkorlari
 Xudovandni olqishlanglar!
 Ey Xudovand yaratgan borliq jon
 saltanatining hamma joyida Uni
 Olqishlang /// Ey mening jonim, ///
 jonim Xudovandni olqishlang!
 Ey, jonim Xudovandni olqishla
 Uning muqaddas ismini olqishla
 Ey, butun aʼzoyi badanim
 Ey, jonim Yaratganni olqishla
 // Unutma Uning biron-bir ehsonini! //</lyrics>
</song>